Andijon viloyati hokimining örinbosari Manzuraxon Yunusova öz arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
«Davlatimiz tomonidan ta'lim yönalişiga berilayotgan e'tiborni inobatga olib siyosiy fanlar nomzodi M.P.Yunusova keyingi faoliyatini ta'lim tizimida olib boradi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Manzuraxon Yunusova 2012 yildan buyon viloyat hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimida işlab kelgan bölib, şu yilning fevral oyida viloyat hokimining örinbosari, mahalla va oila masalalari boşqarmasi boşliği vazifasiga tayinlangan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon Kun.uz telegram-kanalida “Andijon viloyat hokimining örinbosari Manzuraxon Yunusova işdan ketdimi?” sarlavhasi ostida xabar berilgandi.

















