Bugun, 9 sentabr kuni Xalq deputatlari Xöjaobod tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Unda Andijon viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etdi va ma'ruza qildi.

Sessiyada taşkiliy masala körib çiqilib yangi tuman hokimi tayinlandi. 

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Zohidjon Zokirjonoviç Ahmadaliyev Xöjaobod tumani hokimi lavozimini egallagan.

Zohidjon Ahmadaliyev

Zohidjon Ahmadaliyev 1974 yilda Andijon viloyatining Oltinköl tumanida tuğilgan. 1996 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2011 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan. Ma'lumoti böyiça mutaxassisligi – iqtisodçi (qişloq xöjaligida buxgalteriya hisobi, nazorat va xöjalik faoliyatining tahlili).

U 1996-2002 yillarda Oltinköl tumani hokimligida, 2002-2010 yillarda Andijon viloyati hokimligida turli lavozimlarda işlagan, 2010-2013 yillarda Şahrixon tumani hokimi örinbosari bölgan, 2013-2017 yillarda yana viloyat hokimligida turli lavozimlarda faoliyat körsatgan, 2017 yilda Andijon tumani hokimi birinçi örinbosari bölgan, 2018-2019 yillarda Andijon viloyati iqtisodiyot va xududlarni kompleks rivojlantiriş Boş boşqarmasi boşliği, 2019-2020 yillarda Andijon viloyati iqtisodiyot va sanoat Boş boşqarmasi boşliği sifatida işlagan, 2020 yilning 9 aprelidan buyon Andijon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

U yangi lavozimda tumanga 2018 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Otabek Rasulovning örnini egalladi.

Otabek Rasulov

Eslatib ötamiz, avgust oyi oxirida Xalq deputatlari Xöjaobod tuman Kengaşining bir guruh deputatlari prezident va qator davlat idoralariga tuman hokimi Otabek Rasulovning olib borayotgan işlaridan norozi bölib murojaat yöllagani xabar qilingandi.