Özini Nurafşon şahar IIB huzuridagi Tergov bölinmasi boşliği Mirali Abdurahmonov deb taniştirgan xodim qismlarga ajratilgan AK-74 öqotar qurolini yiğa olmagani körinadi.
Holatni videotasvirga olib turgan noma’lum şaxs topşiriq bajarilmagaç, mas’ullardan kadrlar masalalari böyiça rahbar örinbosarini çaqirtirişni, xodimlarning öqotiş hamda jangovar şaylik sinovlaridagi natijalari qayd etilgan jurnallarni olib kelişni talab qiladi. Bunga javoban kimdir uşbu hujjatlar Toşkent viloyati IIBBda saqlanişini aytgani eşitiladi.
Boşqa bir videoda Nurafşon şahar IIB boşliğining birinçi örinbosari ekani aytilgan erkakning qurolni yiğa olmagani aks etgan.
Kun.uz muxbiri holat böyiça izoh oliş uçun Nurafşon şahar IIB boşliğining şaxsiy tarkib böyiça örinbosari Sardor Ortiqov hamda boşliqning xizmat böyiça örinbosari Elyor Elomonovlarga qönğiroq qildi. Sardor Ortiqov muxbirning savollarini eşitgaç, boşqa joyga tuşib qolganini aytib telefonni qöyib qöygan bölsa, Elyor Elomonov internetda tarqalgan video böyiça ma’lumot bera olmasligini aytib, Toşkent viloyati IIBB axborot xizmatiga murojaat qilişni tavsiya qildi.
Toşkent viloyati IIBB boşliğining matbuot kotibi Bobur Tölaganov viloyatdagi içki işlar organlari tizimida xizmat qilayotgan barça xodimlarning jismoniy va jangovor tayyorgarligi sinovdan ötkazilayotganini tasdiqladi. Uning aytişiça, uşbu sinovlar viloyat IIBBning tegişli xizmatlari tomonidan ötkazilgan.
“Toşkent viloyati böyiça içki işlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligi sinovdan ötkazilmoqda. Xodimlarning öq otiş, qurolni notöliq qismlarga soçiş va yiğiş, jismoniy holati, sohaga oid bilimlari tekşirilmoqda. Özimiz ham bu sinovlarda qatnaşdik.
Sinovdan ötolmagan xodimlar sinovni qaytadan topşiradi. Masalan, nazariy bilimlar böyiça testdan ötolmaganlar test sinovini, qismlarga ajratilgan qurolni yiğolmaganlar şu sinovni qaytadan topşirişadi. Agar yana ötolmaydigan bölişsa, kerak bölsa malaka oşirişga borib qaytadan öqiydi. Heç kim sinovdan ötolmagani uçun vazifasidan çetlaştirilmaydi.
Internetda tarqalgan videoga keladigan bölsak, Nurafşon şahar IIB huzuridagi Tergov bölinmasi boşliği ikkinçi urinişda avtomatni yiğa olgan. Bu jarayon aks etgan video bor”, – deya Bobur Tölaganovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.








