Unda körinişiça, Alişer Navoiy nomidagi özbek tili va adabiyoti universitetida taşkillangan tadbir vaqtida talaba yigitlardan biri sahnaga çiqqan holda tomoşabinlar orasida ötirgan talaba qizga sevgi izhor qila boşlaydi.

«Bir daqiqa, bu ssenariyda yöq. 18 ming olam yaralibdiki, har bir mavjudot öz şerigi, jufti bilan yaratildi. Xuddi şunday hammamizning juftli bölişga, sevişga, sevilişga haqqimiz bölganidek, mening sevganim ham şu yerda ötiribdi. Şu qizga hozir sevgi izhor qilmoqçiman. Mahliyo, men sizni sevaman. Sizga bundan boşqa yana qanday isbot kerak? Sizni yaxşi köraman», deya dil rozini aytadi yigit.

Sevgi izhor şu joyiga yetganda tadbirda qatnaşayotgan öqituvçilar yigitning qölidan mikrofonni tortib olişga harakat qila boşlaydi. Ulardan biri hatto yigitga qattiq şapaloq tortib yuboradi. Şundan söng «oşiq talaba» va şapaloq tortuvçi örtasida tortişuv, tadbir iştirokçilari örtasida esa qiy-çuv boşlangan.

Video söngida «oşiq yigit» öqituvçilar tomonidan sudralgan holda olib çiqib ketiladi.

Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalar ekan, universitet matbuot xizmati holat böyiça tuşuntiriş bilan çiqdi.

«Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining Amaliy filologiya fakulteti talabalari tomonidan 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan taşkil etilgan bayram tadbirida sevgi izhor qilib, kaltak yegan talaba holati aks etgan videolavhalar bir neçta telegram kanallarida aylanmoqda.

Şuni ma’lum qilamizki, uşbu holat fakultet QVZ jamoasining «Xafa böliş yöq» körsatuviga taqlidan namoyiş etilgan sahna körinişidan kesib olingan holatdir. Heç qanday noxuş vaziyat yuz bermaganini ma’lum qilamiz», – deyiladi munosabatda.

Universitet matbuot xizmati munosabatga qöşimça tarzda şuningdek, tadbirdagi holatning töliqroq videosini ham ilova qiladi.

Unda körinişiça, holat çindan ham universitet «Quvnoqlar va zukkolar» jamoasi çiqişining bir bölagi hisoblanadi.

«Biz bu çiqişimiz bilan nima demoqçimiz? Köpçilikning yuzida ğamginlik, lekin bizga sizning kayfiyatingiz ham muhim», – deydi «şapaloq yegan» yigit.