2022 yil 16 martdan Özbekiston va Qozoğiston örtasida ikki tomonlama muntazam xalqaro avtobus yönalişlarida qatnovlar qayta tiklanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Şuningdek, Qozoğiston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasi va Qirğiziston Respublikasiga tranzit avtobus taşuvlarini taşkil etiş yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

2022 yil 16 martdan taşuvçilar tomonidan Toşkent – Nursulton, Toşkent – Olmaota, Toşkent – Qizilörda, Toşkent – Turkiston, Toşkent – Irgeli, Çirçiq – Çimkent, Çirçiq – Olmaota  yönalişlarida qatnovlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi xalqaro avtobus qatnovlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yil 16 mart kuni töxtatilgan edi.