“Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Biometrik pasport örniga ID-kartalari joriy etilayotgani sababli ayrim kodekslar va qonunlarga ID-karta tuşunçasi kiritildi. ID-kartalarni, xorijga çiqiş biometrik pasportini yöqotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uçun javobgarlik belgilandi.
Oila kodeksida bolalar tuğilişini qayd etiş ota-onasining doimiy yaşaş yoki vaqtinça turgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlarida 1 oy içida amalga oşirilişi belgilandi.
Şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi töğrisida belgi qöyilişiga oid norma çiqarib taşlandi.
Yer davlat yoki jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilganda fuqarolarga uning örniga berilayotgan uy-joy avvalgi uy-joyidan qimmatroq bölsa, farq qilgan qiymat fuqarolar tomonidan qaytarib berilmaydi. Ilgari 5 yilda qaytarilişi lozim edi.
Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan şaxsga, şuningdek unga hamrohlik qiluvçi şaxsga xorijiy davlatda ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti ötkazilganda xorijga çiqiş uçun biometrik pasportini berganlik uçun davlat boji undirilmaydi.
ID-karta berganlik uçun BHMning 89 foizi miqdorida boj undiriladi, xorijga çiqiş uçun biometrik pasportni berganlik uçun esa BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi (ilgari BHMning 1,2 baravari edi).











