Ostankino rayon sudi jonli efir vaqtida uruşga qarşi plakat bilan çiqiş qilgan Birinçi kanal xodimi Marina Ovsyannikovani 30 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi.

Uni qonunga xilof ravişda ommaviy norozilik aksiyasi ötkazganlikda aybdor deb topişgan. Gap uning uruşga qarşi aksiyasi haqida emas, odamlarni uruşga qarşi mitingga çorlagan videomurojaati haqida ketmoqda, ya’ni u jonli efirga çiqib ketgani uçun jazolanmagan.

Ovsyannikovaga nisbatan Jinoyat kodeksining rossiyalik harbiylar haqida «yolğon axborotni ommaviy ravişda tarqatiş» moddasi böyiça tekşiruv davom etmoqda. Ya’ni unga jinoyat işi qözğatilişi ham mumkin.

14 mart kuni Birinçi kanalning xalqaro bölimi muharriri Marina Ovsyannikova «Vremya» dasturi jonli efirda ketayotgan mahalda studiyaga bostirib kirib, uruşga qarşi plakat kötargandi.

«Uruşga yöq. Uruşni töxtating. Propagandaga işonmang. Bu yerda sizni aldaşmoqda. Rossiyaliklar uruşga qarşi», dedi u.

Uni politsiyaga olib ketişdi va seşanba kuni keçgaça uning taqdiri noma’lum bölib qoldi. U qölga olinganidan 14 soat ötib ma’muriy iş böyiça sud qilindi.