Birinçi kanalning sobiq xodimi Marina Ovsyannikova kitob yozdi. 14 mart kuni, uning jonli efirdagi norozilik aksiyasidan roppa-rosa bir yil ötib, naşr Germaniyadagi kitob dökonlari peştaxtalarida nemis tilida paydo böladi, deb xabar berdi payşanba kuni dpa axborot agentligi Langen Müller Verlag naşriyotiga tayanib. Kitobning nomi - «Yaxşilik va yomonlik örtasida. Qanday qilib men Kreml propagandasiga qarşi çiqdim» («Zwischen Gut und Böse. Wie ich mich endlich der Kreml-Propaganda entgegenstellte»). Uning elektron versiyasi allaqaçon nemis naşriyotining veb-saytida mavjud, narxi - 22 yevro.

Noşirlar kitob tavsifida ta’kidlaganidek, ötgan yili Rossiyani tark etganidan söng, «Marina Ovsyannikova Rossiya davlat televideniyesida özining uruşga qarşi plakati bilan tomoşabinlarga ularni televizorda aldaşayotgani va Putin Ukrainaga qarşi şafqatsiz uruş olib borayotganini aytib, misli körilmagan janjal keltirib çiqardi». Ba’zilar uni Britaniya josusi, boşqalari esa "FSB" agenti deb öylaşyapti. Endi Marina öz hikoyasini aytib beradi».

Eslatib ötamiz, 2022 yil 14 mart kuni keçqurun Birinçi kanal xodimi, muharrir Marina Ovsyannikova jonli efirga plakat bilan kirib borgan, unda şunday yozilgan edi: «No war. Uruşni töxtating. Propagandaga işonmang. Ular yolğon gapirişyapti Russians against war». Öşa paytda «Vremya» körsatuvi boşlovçisi Yekaterina Andreyeva Ğarb sanksiyalariga qarşi turiş haqidagi syujyetning kiriş qismini öqiyotgan bölgan. Bundan taşqari, efirga çiqişdan oldin Ovsyannikova videomurojaat yozib, «Rossiya birodarkuşlik uruşini zudlik bilan töxtatişi kerak»ligini ma’lum qildi hamda rossiyaliklarni uruşga qarşi mitinglarga çiqişga çaqirdi.

«Biz 2014 yilda, bularning barçasi endi boşlanayotganda, Kreml Navalniyni zaharlaganida mitinglarga çiqmadik, biz bu aksilinsoniy rejimni indamay kuzatib ötirdik. Hozir esa butun dunyo bizdan yuz ögirgan», - deya qöşimça qilgan u.

Marina Ovsyannikova qölga olindi, unga ma’muriy jarima solindi. Yozda «Putin - qotil, uning askarlari - faşistlar. 352 bola halok böldi. Siz töxtaşingiz uçun yana qança bolalar ölişi kerak?» degan plakat yozilgan bir kişilik piket tufayli Rossiya armiyasiga oid «feyklar» böyiça jurnalistga nisbatan iş oçilgan edi. Sud unga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida uy qamoğini tayinladi.

Oktabr oyida Ovsyannikovaning sobiq turmuş örtoği u 11 yoşli qizi bilan birga uy qamoğidan qoçib ketganini ma’lum qildi. Rossiya Içki işlar vazirligi jurnalistni qidiruvga berdi. Jurnalist advokatining aytişiça, u Yevropaga ketgan va «Yevropa davlatlaridan biri himoyasida». Basmanniy sudi Ovsyannikovaning onalik huquqlarini çeklab, unga sobiq eriga ikki farzandini boqiş uçun oylik pul tölaş majburiyatini yukladi. Ötgan yil oktabr oyida Marina Ovsyannikova Moskvaning Basmanniy sudi tomonidan tergov talabiga binoan sirtdan hibsga olingan edi.