Rossiya armiyasi haqida «feyk xabarlar» tarqatişda ayblanayotgan Birinçi kanalning sobiq muharriri Marina Ovsyannikova Moskvaning Basmanniy sudi tomonidan tergov talabi bilan sirtdan hibsga olindi.
«Ovsyannikovaga nisbatan sud ayblanuvçi Rossiya hududiga ekstraditsiya qilingan paytdan boşlab yoki Rossiya hududida qölga olingan paytdan boşlab muddatni hisoblab, bir oy 29 kun muddatga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini tanladi», — deya 20 oktyabr, payşanba kuni sud xabaridan iqtibos keltirgan Interfaks agentligi.
Oktabr oyi boşida xuddi şu Basmanniy sudi tergovning Ovsyannikovaga nisbatan ehtiyot çorasini uy qamoğidan hibsga olişga özgartiriş haqidagi iltimosnomasini rad etdi.
14 mart kuni Birinçi kanalda muharrir bölib işlagan Marina Ovsyannikova uruşga qarşilik körsatiş çaqiriqlari bilan video yozib olgandan söng, uruşga qarşi plakat bilan keçki yangiliklarda jonli efirga çiqib ketdi. U qölga olindi va ma’muriy jarimaga tortildi. Keyin Ovsyannikova yana ikki marta jarimaga tortildi: Ilya Yaşin işi böyiça sud binosida nutq sözlagani va Facebook'dagi posti uçun.
Yozda «Putin - qotil, uning askarlari - faşistlar. 352 bola halok böldi. Siz töxtaşingiz uçun yana qança bolalar ölişi kerak?» degan plakat yozilgan yakka piket tufayli Rossiya armiyasiga oid «feyklar» böyiça jurnalistga nisbatan iş oçilgan edi. Sud unga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida uy qamoğini tayinladi.
Oktabr oyida Ovsyannikovaning sobiq turmuş örtoği u 11 yoşli qizi bilan uy qamoğidan qoçib ketganini, Içki işlar vazirligi jurnalistni qidiruvga berganini aytdi. 17 oktyabr kuni jurnalistning advokati u Yevropaga jönab ketgani va «Yevropa davlatlaridan biri himoyasida» ekanini ma’lum qildi. Xuddi şu kuni Basmanniy sudi Ovsyannikovaning onalik huquqlarini çeklab, unga sobiq eriga ikki bolani boqiş uçun oyiga 35 ming, öğli voyaga yetganidan keyin esa - 17 ming rubl tölaş majburiyatini yukladi.













