Qömita xabariga köra, 2021 yilda Özbekistonga 8 ta davlatdan 31,7 ming tonna yirik şoxli qoramol göşti import qilingan.
Qayd etilişiça, yirik şoxli qoramol göşti importi 2020 yil bilan soliştirilganda 10,1 ming tonnaga oşgan.
2021 yilda Özbekiston eng köp yirik şoxli qoramol göştini import qilgan davlatlar orasida Belarus yetakçilik qilmoqda – 21,5 ming tonna göşt.
Boşqa davlatlar böyiça uşbu körsatkiç quyidagiça köriniş oldi:
- Qozoğiston – 4,9 ming tonna;
- Ukraina – 2,9 ming tonna;
- Hindiston – 916 tonna;
- Moldova – 738 tonna;
- Rossiya – 638 tonna.
Bundan oldin Özbekiston göşt importini oşirgani xabar berilgandi.












