Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yevropaga suyultirilgan gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
Qayd etilishicha, AQSh hozirda suyultirilgan gazning asosiy eksportchisi hisoblanadi.
AQSh Yevropa mamlakatlariga suyultirilgan gaz eksportini oshiradi. Bu haqda AQSh energetika vazirligi ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, vazirlik Meksika ko‘rfazidagi terminallardan suyultirilgan gazni AQSh bilan erkin savdo to‘g‘risida shartnoma tuzmagan mamlakatlar, Yevropaning barcha davlatlariga qo‘shimcha hajmda eksport qilishga ruxsat bergan.
Mazkur ruxsat Cheniere Energy kompaniyasiga Sabine Pass va Corpus Christi terminallaridan kuniga 20,4 mln kub metr suyultirilgan gazni eksport qilish imkonini beradi.
Ilgari bu terminallardan erkin savdo to‘g‘risida shartnoma imzolagan davlatlar, xususan, Kanada, Meksika, Avstraliya, Osiyoning qator mamlakatlari, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Amerikaga eksport qilish mumkin edi.
Xabarda qayd etilishicha, AQSh hozirda suyultirilgan gazning asosiy eksportchisi hisoblanadi va yil oxiriga borib eksport hajmi yana 20 foizga oshishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026