Jamoat transportidagi tegajoğlik 3 xil körinişda röy beradi: verbal, noverbal va jismoniy. Verbal, ya’ni oğzaki tarzda şilqimlik qiliş – yoqimsiz gap otiş, huştak çaliş, hayosiz takliflar bildiriş bilan; noverbal esa ta’qib qiliş, hayosiz videolar körsatiş bilan sodir böladi. Jismoniy şilqimlik esa qizlarning tanasiga, soçlariga tegişni anglatadi. Köplab holatlarda qizlar qörquv sabab bu haqda xabar bera olişmaydi.

Foto: KUN.UZ

Kunning tiğiz paytlarida – işga, öqişga boriş va qaytiş vaqtida jamoat transporti odamlar bilan töladi. Kunning şu qismida avtobus, metro yölovçilar uçun har qaçongidan noqulayroq böladi. Ayniqsa, ayollar uçun. Ana şunday paytlarda tiqilinç metro vagoni yoki avtobus salonida xotin-qizlarga tegajoğlik qiliş holatlari uçrab turadi. Bu haqida aksar holatlarda xotin-qizlar boşqalarga aytişga xijolat böladi yoki imkon topa olmaydi.

Har uç xotin-qizdan biri

Facebook ijtimoiy tarmoğidagi “Ayol” guruhida “Jamoat transportida (avtobus, metro) siz bilan biror marta bölsa ham tegajoğliq holatlari sodir bölganmi?” degan sörovnoma ötkazib kördik. 294 kişi qatnaşgan sörovnomada, 102 kişi jamoat transportida tegajoğlik holatlariga duç kelganini, 164 kişi esa duç kelmaganini, 28 kişi esa jamoat transportidan foydalanmasligini bildirgan.

Sörovnomaga asosan, 294 respondentdan 102 nafari tegajoğlik holatlariga duç kelişi – taxminan har 3 qizdan bittasi şunday holatga tuşişi mumkinligini anglatadi.

Balki jamoat joylarida xotin-qizlarga tegajoğlik tez-tez uçraşi haqida köpçilik bilmas: sababi bunday holatga tuşgan qizlar vaziyat haqida oçiq aytişga tortingan bölişi yoki şok holatida qolgani uçun aytadigani içida qolgan bölişi mumkin.

Şilqimlik 3 xil körinişda sodir böladi: verbal, noverbal va jismoniy.

Verbal, ya’ni oğzaki tarzda şilqimlik qiliş – yoqimsiz tarzda gap otiş, huştak çaliş, hayosiz takliflar bildiriş bilan, noverbal esa ta’qib qiliş, hayosiz videolar körsatiş bilan sodir böladi. Jismoniy şilqimlik esa qizlarning tanasiga, soçlariga tegişni anglatadi.

“Qörqqanman, lekin negadir inday olmaganman”

Yuqoridagilarni öqiş yoqimsiz bölişi mumkin, lekin bular jamiyatda mavjud holatlar haqida.