Ijtimoiy tarmoqlarda «Asalxoney» nomi bilan tanilgan fuqaro Asal Xöjayeva bugun, 18 mart kuni öz uyida ölik holda topilgan. Xabarni tasdiqlagan Toşkent şahar IIBB holat yuzasidan prokuratura iş olib borayotganini ma’lum qildi.
Boş prokuratura axborot xizmatining ma’lum qilişiça, joriy yil 18 mart kuni Toşkent şahar Yaşnobod tumani, Maxtumquli köçasidagi uyda uşbu fuqaroning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
«Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, jinoyatni foş etişga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda», - deyiladi prokuratura bayonotida.
Boş prokuratura iş natijalari haqida qöşimça xabar qilinişini ma’lum qildi.
Joriy yil yanvar oyi boşida ham insta-bloger öldirib ketilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uşbu xabarlar poytaxt IIBB tomonidan tasdiqlanmagan.









