Birinçi kanal xodimi, jonli efir vaqtida uruşga qarşi aksiya uyuştirgan Marina Ovsyannikova işdan böşaş töğrisida ariza yozgan. Bu haqda uning manfaatlarini himoya qiluvçi advokat Sergey Badamşin xabar berdi.

Uning qöşimça qilişiça, arizani u kanal tahririyati bilan hamfikr bölmagani uçun öz ixtiyori bilan yozgan.

  • 14 mart kuni Birinçi kanal xalqaro bölimi muharriri Marina Ovsyannikova «Vremya» dasturi jonli efiri vaqtida studiyaga plakat uşlagan holda kirib kelgandi, unda şunday yozilgandi: «No war. Uruşni töxtating. Propagandaga işonmang. Bu yerda sizni aldaşmoqda. Russians against war». U efirda keyingi syujyetga ötilguniga qadar bir neça bor şunday takrorlagandi: «Uruşni töxtating! Uruşga yöq!»
  • Şundan söng jurnalistning oldinroq yozib olingan videomurojaati tarqaldi. «Hozirda Ukrainada bölayotgan voqealar - bu jinoyat. Rossiya - bosqinçi mamlakat. Va bu jinoyat uçun mas’uliyat faqat bir kişining vijdoniga havola. Bu odam - Vladimir Putin», - degan u. Ovsyannikova «Rossiya birodarkuşlik uruşini zudlik bilan töxtatişi zarurligi»ni aytib, rossiyaliklarni uruşga qarşi mitinglarga çiqişga çorlagandi. Kreml uşbu harakatga «bezorilik» deb ta’rif bergan.
  • 15 mart kuni Moskva Ostankino sudi Ovsyannikovani jinoyat kodeksining tegişli moddasi böyiça aybli deb topgan va unga nisbatan 30 ming rubl jarima jazosini tayinlagan. Suddan keyin Ovsyannikova politsiyada uni 14 soat davomida söroq qilişgani, ammo yuridik yordam oliş va yaqinlari, oila a’zolari bilan suhbatlaşişga şaroit yaratib berişmaganini aytgan. Jurnalist uşbu harakatidan keyin uni qöllab-quvvatlaganlarga minnatdorçilik bildirgan.
  • TASS va Baza manbalari ma’lumotiga köra, jurnalistga nisbatan Rossiya armiyasi töğrisida feyk tarqatiş haqidagi yangi modda böyiça tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.
  • Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat Marina Ovsyannikovaga siyosiy boşpana va diplomatik himoyani ta’minlaşga tayyorligini ma’lum qilgan.