Transport vazirligi xabariga köra, keça Olmaota – Toşkent yönalişida ilk texnik qatnov amalga oşirildi. Qozoğistonning Olmaota şahridan yölga çiqqan avtobus soat 14:00 da “Toşkent” avtovokzaliga yetib keldi.
Şuningdek, özbekistonlik taşuvçilar tomonidan Toşkent – Olmaota yönalişda dastlabki texnik qatnov amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Texnik qatnovlar natijasidan kelib çiqib, ommaviy çiptalarni sotiş kuni va yölkira tariflari qöşimça ravişda e’lon qilinadi.
Dastlabki, bosqiçda Özbekiston va Qozoğiston örtasida Toşkent – Nursulton, Toşkent – Olmaota, Toşkent – Qizilörda, Toşkent – Turkiston, Toşkent – Irgeli, Çirçiq – Çimkent, Çirçiq – Olmaota yönalişlarida qatnovlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Bundan oldin Qozoğistonga avtobus qatnovi tiklanayotgani, Rossiya böyiça muzokaralar davom etayotgani ma’lum bölgandi.








