Xitoy xalq respublikasi taşqi işlar vaziri Van I Xitoyning Ukrainadagi vaziyat böyiça pozitsiyasi obektiv ekani haqida aytdi.
«Xitoyning pozitsiyasi obektiv va adolatli, bu aksariyat mamlakatlarning intilişlariga mos keladi, vaqt Xitoyning pozitsiyasi tarixning töğri tomonida ekanini körsatadi», — degan u.
Vazir avvalroq XXR raisi Si Jinping AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan muloqotda vaziyatni hal qiliş uçun «sovuq uruş» mentalitetidan voz keçişi kerakligini aytganini eslatgan. Şuningdek, mojaro iştirokçilari kelgusida qurbonlar bölişining oldini oliş uçun muzokaralar stoliga ötirişi kerakligi muhim ekanini qayd etgan.
TIV rahbari Xitoy tomoni heç qanday taşqi bosim va majburlovlarni qabul qilmasligini, şuningdek, «öz manziliga bildirilgan har qanday asossiz ayblovlar va gumonlarga qarşi ekani»ni bildirgan.
U Xitoy hamişa «uruşlarga qarşi bölişi»ni ta’kidlagan.
Xitoy TIV rahbari örinbosari Le Yuyçen esa Osiyo-Tinç okeani mintaqasi (ATR) mamlakatlari özaro manfaatli asosda hamkorlik qilişi va Ukrainadagi kabi vaziyatga yöl qöymasligi kerakligini ta’kidlagandi.
Uning sözlariga köra, XXR manfaatdor tomonlar yuzaga kelgan muammolarni hamkorlik yöli orqali hal qilişi tarafdori bölişi, ixtilofni avj oldirişga qaratilgan ikkinçi variantni esa mutlaqo örinsiz deb bilişini qayd etgan.
«Tarix sanksiyalar muammolarni hal qila olmasligini köp marta körsatdi. Sanksiyalar faqat oddiy odamlarga ziyon yetkazadi va global iqtisodiyotni yomonlaştiradi», — dedi u.
Le Yuyçen, şuningdek, NATO şarq tomon kengayib, Rossiya kabi yadroviy davlatni «burçakka» haydamasligi kerakligini aytdi.
- Ğarb davlatlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga javoban Rossiyaning jahon moliyaviy sektorlar, texnologiyalar va boşqalardan foydalanişini çeklaydigan eng oğir sanksiyalarni qölladi. Personal sanksiyalar Rossiyaning yirik biznesmenlari va yuqori lavozimlardagi amaldorlariga taalluqli.
- Xitoy Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qoralamagan; BMT Boş assambleyasida tegişli rezolyutsiyaga ovoz beriş çoğida Xitoy betaraf qolgan.
- Norasmiy ma’lumotlarga köra, Rossiya Ukrainadagi uruş davomida harbiy yordam sörab Xitoyga murojaat qilgan. Kremldagilar bunday xabarlar haqiqatga mos emasligini bildirgan.
- 18 mart kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden va XXR raisi Si Jinping qariyb ikki soat mobaynida muloqot ötkazdi, unda Bayden Sini Rossiyaga moddiy (iqtisodiy va harbiy) yordam körsatiş oqibatlaridan ogohlantirgan. Xitoy naşrlari yozişiça, mamlakat yetakçisi Baydenga «Ukraina inqirozi — Xitoy körişni istagan narsa emasligi»ni aytgan.













