Kun.uz muxbiri UzAuto Motors rahbari Bo Andersson bilan UzAuto Motors’ning faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida suhbatlaşdi.
— Suhbatimizni raqobat masalasidan boşlamoqçiman. Xabaringiz bor, Özbekistonda bojxona tölovlari kamaytirildi. Bu UzAuto Motors kompaniyasiga qanday ta’sir qiladi? Raqobatga qanday qaraysiz?
— Bu yaxşi savol. Men bu yerga avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirişga kömaklaşiş maqsadida xorijlik mutaxassis sifatida kelganman. UzAuto Motors har qanday boşqa işlab çiqaruvçi bilan raqobatlaşa olişiga işonçim komil.
Men raqobatga işonaman, raqobat bölgani yaxşi! Agar raqobat bölsa, hayotning özi sizni yaxşiroq bölişga majbur qiladi.
Raqobatga yaxşi qarayman. Hamişa Hyundai, Kia va Lada bilan raqobatlaşişiga örganganman. Bizning yangi mahsulotimiz raqobatbardoş bölişiga mutlaqo aminman.

— Avtomobillar narxi va sifati örtasidagi nisbat sizni qoniqtiradimi?
— Avvalo şuni aytmoqçimanki, sotuvi böyiça eng ommabop avtomobil – bizning besseller Lacetti ekanligi meni hayratda qoldirdi. Şu örinda yana şuni alohida ta’kidlamoqçimanki, şaxsan menga ham Lacetti juda yoqadi. Agar narxiga keladigan bölsak, şuni ta’kidlaş kerakki, bunday avtomobil uçun 14 000 AQŞ dollar ajoyib narx.
Sotuv natijalariga köra, ikkinçi ommabop avtomobil Damas hisoblanadi. Uning narxi ham juda raqobatbardoş. Bu Cobalt avtomobiliga ham tegişli.
Men xorijlik inson sifatida qarasam, Özbekistonda avtomobillar narxi juda raqobatbardoş, ularning sifati ança yuqori böladi.

— Kompaniyaning avtomobillarni magnitolasiz işlab çiqariş qarori köplab tanqidlarga sabab böldi. Nima sababdan bunday qaror qabul qilindi?
— Avvalo şuni aytmoqçimanki, sönggi ikki yilda har bir avtomobil işlab çiqaruvçi yarimötkazgiçlar muammosiga duç keldi, har bir avtomobil işlab çiqaruvçi u yoki bu darajada avtomobil magnitolasi muammosiga duç keldi. Afsuski, yetkazib beruvçimiz tösatdan bizga pand berdi. Bugungi kunda boşqa yetkazib beruvçilar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Bu esa öz navbatida, avtomobillarimizda zamonaviy avtomagnitoladan foydalaniş imkonini beradi.












