Qurultoyda Özbekiston prezidenti tomonidan Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimiga tavsiya etilgan Davron Vahobovning nomzodi delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va u Savdo-sanoat palatasi raisi etib tayinlandi.

Davron Vahobov 1981 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan. 2001 yilda Toşkent kimyo-texnologiya instituti bakalavriatini va 2003 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining magistraturasini tamomlagan. 2007 yilda esa Toşkent davlat yuridik universitetini sirtqi ta’lim böyiça tugatgan.

U Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qiliş vazirligi, Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, «Oqsaroy textile» MÇJ tizimidagi qator vazifalarda işlagan.

Amaldagi tayinlovga qadar Davron Vahobov «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi raisining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2020 yilning noyabr oyida «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi a’zolarining umumiy yiğiliş qarori bilan rais örinbosarligiga ma’qullangan Davron Vahobov nomzodi prezident Mirziyoyev tomonidan ham qöllab-quvvatlangandi.

Ma’lumot uçun, 2017 yildan buyon palataga raislik qilib kelgan Adham Ikromov joriy yil fevral oyi örtalarida Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida sportni rivojlantiriş vaziri lavozimiga ma’qullangandi.