Uyuşma a'zolarining umumiy yiğiliş qarori bilan rais örinbosarligiga ma'qullangan Davron Abdujaloloviç Vahobov nomzodi prezident Mirziyoyev tomonidan ham qöllab-quvvatlangan. Bu haqda uyuşma matbuot xizmati rahbari Şahzoda Qöçqorova Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Unda aytilişiça, davlat rahbari Davron Vahobov haqida fikr bildirib, u tomonidan olib borilgan loyihalar çuqur bilim va tajribaga tayanganini ta'kidlagan.
«Davron Vahobov – yoş va malakali, töqimaçilik sanoatida loyihalarni şakllantiriş, texnologik jihatdan mukammallaştiriş va mahsulot sifatini oşirişda katta tajribaga ega», – degan prezident.

Davron Vahobov 1981 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan. 2001 yilda Toşkent kimyo-texnologiya instituti bakalavriatini va 2003 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining magistraturasini tamomlagan. 2007 yilda esa Toşkent davlat yuridik universitetini sirtqi ta'lim böyiça tugatgan.
U bu vaqtga qadar Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qiliş vazirligi, Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, «Oqsaroy textile» MÇJ tizimidagi qator vazifalarda işlagan.
Xabarda qöşimça qilinişiça, Vahobov tomonidan şu vaqtga qadar «Oqsaroy textile», «Zarbdor textile», «Oq saroy Vortex», «Ostex textile Jizzax», «Sardoba Oq saroy textile» kabi yirik töqimaçilik loyihalari amalga oşirib kelinmoqda.












