21 aprel kuni umumiy ovqatlaniş va gastronomiya sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar iştirokida oçiq muloqot ötkazildi. Unda Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan biri narxlar oşib borayotgani fonida qöşilgan qiymat soliğiga ötiş mezonini qayta körib çiqişni taklif qildi.
Uning aytişiça, sönggi paytlarda narxlar oşgani sababli korxonalarning aylanmasi ham yuqorilab boryapti. Bu esa köplab kiçik biznes sub’yektlarini QQS tölovçisiga aylaniş çegarasiga olib kelib qöyyapti
“Narxlar oşyapti, aylanma ham şunga yaraşa oşib ketyapti. Şu sababli QQSga ötiş kriteriyasini oşiriş kerak”, – dedi tadbirkor.
Amaldagi tartibga köra, yillik aylanmasi belgilangan çegaradan (hozirda 1 mlrd söm) oşgan tadbirkorlar majburiy tarzda QQS tölovçisiga aylanadi (ungaça aylanmadan olinadigan soliq amal qiladi). QQS – bu mahsulot yoki xizmat qiymatiga qöşiladigan bilvosita soliq bölib, hozirgi stavkasi 12 foizni taşkil etadi. Tadbirkorlar bu soliqni iste’molçidan undirişadi, biroq ayrim holatlarda oldindan tölangan QQSni qaytarib oliş (zaçet) mexanizmi mavjud.
Savolga javoban Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov QQS mezonini oşiriş masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondaşiş kerakligini bildirdi. Uning sözlariga köra, bu çora muammoni yengillaştiriş örniga yanada murakkablaştirişi mumkin.
“Kriteriyani oşiriş masalasi aslida vaziyatni yanada qiyinlaştirişi mumkin. Şu sababli tadbirkorlar tomonidan boşqa muqobil taklif ilgari surilgan edi, ya’ni aylanmadan 6 foizlik soliq joriy etiş va QQS mezoniga tegmaslik. Ya’ni korxona 10 mlrd yoki 100 mlrd söm aylanma qiladimi – farqi yöq, oddiy tartibda aylanmadan 6 foiz tölab işlayveradi degan yondaşuv taklif qilingan”, – dedi u.
Vahobovning aytişiça, bu taklif hukumat darajasida muhokama qilingan, biroq yakunda boşqa mexanizm ilgari surilgan.
“Biz bu taklifni hukumatga olib çiqqanimizda 6 foizlik modelni joriy qiliş örniga mavjud 12 foizlik QQSdan ma’lum qismini qaytariş mexanizmini takomillaştiriş variantini taklif qildik. Ya’ni QQSning 40–50 foizini oson va tez qaytarib beriş tizimini yaratiş masalasi kötarildi”, – dedi SSP raisi.
Uning ta’kidlaşiça, agar QQSni qaytarib oliş mexanizmi haqiqatan ham sodda va tez işlaydigan bölsa, tadbirkorlar uçun ança qulaylik yaratiladi.











