Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi hamda Jahon bojxona taşkiloti örtasidagi faol hamkorlik doirasida Toşkent xalqaro aeroportiga Istanbul-Toşkent reysi bilan 3 boş Belgiya va 2 boş nemis ovçarkasi olib kelindi.

Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Davlat bojxona qömitasi axborot xizmatining xabar berişiça, mazkur itlar Niderlandiyaning Police Dogs Centre taşkiloti tomonidan Milliy kinologiya markaziga beğaraz tarzda taqdim qilingan.

Qayd etilişiça, mazkur loyiha BMTning giyohvand moddalar ustidan nazorat qiliş va jinoyatlarning oldini oliş boşqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan amalga oşirilgan.

Ma’lum qilinişiça, hozirda Niderlandiyadan keltirilgan 5 boş xizmat itlari maxsus pitomniklarga joylaştirilgan. Belgilangan karantin muddati va iqlimga moslaşiş jarayonlari yakuniga yetgaç, uşbu itlar Afğoniston va Tojikiston bilan çegarada joylaşgan bojxona postlarida xizmatga safarbar qilinadi.