Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi voqealar sababli global iqtisodiy o‘sish 1 foizga pasayishi mumkin – BMT
Qayd etilishicha, inflatsiya o‘smoqda, rivojlanayotgan mamlakatlar esa bir trillion dollarlik qarzga ega.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi global iqtisodiy o‘sishni 1 foizga pasaytirishi mumkin, deyiladi BMTning savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (YuNKTAD) hisobotida.
«O‘tgan yilning sentyabrida jahon iqtisodiyoti 3,6 foizga o‘sishi taxmin qilingandi. Endilikda o‘sish 2,6 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda va buning asosiy sababi Ukrainadagi urush», - dedi YuNKTAD globallashuv va taraqqiyot strategiyasi bo‘limi direktori Richard Kozul-Rayt.
Qayd etilishicha, inflatsiya o‘smoqda, rivojlanayotgan mamlakatlar esa bir trillion dollarlik qarzga ega.
YuNKTAD hozirgi vaziyatda rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha avval qabul qilingan moliyaviy choralar yetarli emasligini bildirdi.
«Jahon iqtisodiyoti istiqbollari shiddat bilan yomonlashmoqda, bu yil jahon iqtisodiyotining o‘rtacha o‘sishi 2,6 foizni tashkil etadi, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 5,5 foizga teng bo‘lgandi», - dedi YuNKTAD bosh kotibi Rebeka Grinspan.
Grinspan XVJ va Jahon bankini zudlik bilan choralar ko‘rishga chaqirdi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026