AQŞ Ukrainadagi uruş tufayli Ğarb tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni çetlab ötişga yordam beradigan Rossiyadan taşqaridagi jismoniy şaxslar va kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar qöllaş bilan tahdid qildi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyek Sallivanning aytişiça, Vaşington “ikkinçi darajali” sanksiyalarni öz içiga olgan butun dunyo iqtisodiy va moliyaviy jazolar tarmoğini kengaytirişga tayyor.
“Bizda bir neçta nazorat instrumentlari bor, ulardan biri – uçinçi tomon yurisdiksiyalaridagi AQŞ sanksiyalariga amal qilmaydigan yoki ularni zaiflaştiriş, qoçiş uçun tizimli harakatlarni amalga oşirayotgan jismoniy yoki yuridik şaxslarni aniqlaşdir”, dedi Sallivan.
U agar kerak bölsa, AQŞ uşbu imkoniyatidan foydalanişga tayyorligini qöşimça qilgan.
Naşrning ta’kidlaşiça, ikkilamçi sanksiyalar butun dunyodagi kompaniyalar va investorlarni Ğarb yoki Rossiya bilan biznes yuritişni tanlaşga majburlaş orqali global iqtisodiyotga salbiy ta’sirni kuçaytirişi mumkin.
Sallivanning bunday sanksiyalarni qöllaş tahdidi Xitoyning Ukrainadagi uruş fonida Rossiyaga yordam körsatişi ehtimoliga oid muhokamalar fonida paydo böldi. Ba’zilar Pekinni Rossiya sanksiyalaridan qoçiş yölaklaridan biri deb körmoqda.
AQŞ ğaznaçilik vaziri Janet Ellen juma kuni CBNC telekanalidagi intervyusida Xitoyga qarşi sanksiyalar qöllaşga hozirça zarurat yöqligini aytdi.
“Hozirça bu zarur emas deb hisoblayman. Biz yuqori ma’muriyat amaldorlari sifatida Xitoy bilan ular bizning pozitsiyamizni tuşunişlariga işonç hosil qiliş uçun muzokaralar olib bormoqdamiz. Agar ular Rossiyaga qurol yetkazib berayotgan bölsa yoki biz Rossiya moliya tizimi va Markaziy bankiga qöygan sanksiyalardan qoçişga harakat qilsa, bu xavotirli bölardi. Biz hozirda bunday bölayotganini körmayapmiz”, – dedi u.
Eslatib ötamiz, AQŞ Rossiyaga nisbatan hozirça sönggi sanksiyalar paketida Rossiya Markaziy banki bilan oltin oldi-sotdisini taqiqladi. Şuningdek, Davlat dumasi deputatlari hamda qator yirik mudofaa va moliya taşkilotlari rahbarlarini qora röyxatga kiritdi.
Avvalroq “katta yettilik” va YeI Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar kiritişga kelişib olgani xabar qilingandi














