Moskvaning Basmanniy tuman sudi AQŞ 35-prezidenti Jon Kennedining jiyan-nevarasi, amerikalik Konor Kennedini sirtdan hibsga oldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ayni paytda Kennedi xalqaro qidiruvga berilgan. Advokatlar hibsga oliş qarorini bekor etişga harakat qildi, ammo Moskva şahar sudi ularning şikoyatini rad etib, qarorni öz kuçida qoldirdi. Apellyatsiya böyiça sud majlisi yopiq tarzda ötkazildi.
U yollanma askarlikda ayblanmoqda, bu jinoyat uçun yetti yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan. Avvalroq maşhur siyosiy sulola vakilining özi 2022-yilda Xarkov viloyatida «Xalqaro legion» safida Ukraina Qurolli Kuçlari tomonida yaşirinça jang qilganini tan olgan edi.
Jon Fitsjerald Kennedi (1917–1963) - amerikalik davlat arbobi, AQŞ 35-prezidenti (1961–1963). Demokratik partiya vakili. Sovuq uruş davridagi asosiy rahbarlardan biri; u Karib dengizi inqirozini boşdan keçirgan. 1963-yil 22-noyabrda Dallasda öldirilgan.













