Janubiy Osetiya yaqin vaqt içida Rossiyaga qöşiliş uçun «qonuniy qadamlar» qöymoqçi. Bu haqda 30 mart, çorşanba kuni tan olinmagan respublika rahbari Anatoliy Bibilov bayonot berdi.

«Bölingan osetin xalqining asosiy tarixiy, strategik maqsadi bir davlat doirasida birlaşişdir. Bu davlat - Rossiya Federatsiyasi. Biz yaqin vaqt içida tegişli huquqiy çoralarni köramiz», — deyiladi uning murojaatida.

Keyinroq Bibilovning matbuot kotibi aniqlik kiritişiça, Janubiy Osetiyaning Rossiya tarkibiga qöşilişi böyiça referendum tan olinmagan respublika rahbari saylovidan söng, ya’ni 10 aprel kunidan keyin ötkazilişi rejalaştirilgan.

Ayni paytda, Abxaziya rahbariyati respublikaning bunday rejalari yöqligini ta’kidladi. «Abxaziyaning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qöşilişi haqida gap ketmayapti. Abxaziya konstitutsiyasida mamlakatimiz mustaqil davlat deb mutlaqo aniq e’lon qilingan», - deya Abxaziya parlamenti spikeri Valeriy Kvarçiyaning 30 martdagi bayonotidan iqtibos keltirgan «Interfaks» agentligi. 

«Rossiya bizning strategik hamkorimiz, yaqin davlat, ammo bizning respublikada Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qöşiliş rejalari yöq», deb ta’kidladi siyosatçi. 

2008 yil 26 avgustda, Gruziyadagi «beş kunlik uruş»dan köp ötmay, Rossiyaning öşa paytdagi prezidenti Dmitriy Medvedev Rossiya Federatsiyasi tomonidan Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan oliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Öşandan beri Janubiy Osetiya rahbariyati Rossiyaga qöşiliş böyiça referendum ötkaziş rejasini bir neça bor e’lon qilgan edi.