Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qalbaki pul tayyorlaş va muomalaga çiqariş bilan şuğullangan jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi.

Qayd etilişiça, Çirçiq şahrida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan fuqaro Buxoro şahriga borib, 10 mln 100 ming söm miqdoridagi qalbaki milliy valutani 600 AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida uşlandi.

Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy şerigi, Guliston şahrida istiqomat qiluvçi, 1995 yilda tuğilgan fuqaro uşbu 600 AQŞ dollarini qabul qilib olgan vaqtida uşlandi hamda uning yaşaş manzilida 2 mln 150 ming söm miqdorida qalbaki banknotlar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Suriştiruv harakatlari davomida qalbaki pullar aslida Andijon şahrida tayyorlanişi ma’lum böldi.

Dastlab Andijon şahrida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan şaxs özining “Damas” rusumli avtomaşinasida 3 mln 200 ming söm miqdoridagi 64 dona 50 ming sömlik qalbaki banknotlarni olib ketayotgan vaqtida qölga olindi.

Söngra uşbu qalbaki pullarni tayyorlovçi, 1987 yilda tuğilgan  fuqaroning uyidan pul tayyorlaşda kerak böladigan buyumlar hamda 14 mln 550 ming söm miqdoridagi qalbaki pullar aşyoviy dalil sifatida olindi.

Ta’kidlaş lozimki, jinoiy guruh umumiy miqdorda 300 mln sömdan ortiq qalbaki pullarni tayyorlab, Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari hamda Toşkent şahrida muomalaga kiritişga ulgurgan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Andijonda qalbaki 100 mln söm pullarni ötkazayotgan fuqarolar uşlangani xabar qilingan edi.