O‘zbekiston | 17:06 / 03.04.2022
10001
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda xizmat avtomobili uchun 128 mln so‘m ajratildi. Davlat tashkilotlariga bu kabi xarajatlar taqiqlangandi

Jizzax viloyati mahalliy budjetining erkin qoldiq va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan viloyat Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasiga xizmat avtomashinasi xarid qilish uchun qo‘shimcha 128 mln 645 ming so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror chiqarildi.

Bu holat prezident yil yakuniga qadar barcha hokimlik, vazirlik va idoralarga moliyaviy manbasi aniq bo‘lmagan qurilishlarni boshlash, bino ta’mirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish kabi qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishni qat’iyan taqiqlashidan bir necha kun o‘tib ro‘y berdi. Bu holatga davletovuz kanali e’tibor qaratishi ortidan viloyat Kengashi kotibiyati munosabat bildirdi.

Jizzax viloyati Kotibiyat kengashining qayd etishicha, mahalliy budjetining erkin qoldiq va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan viloyat Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasiga xizmat avtomashinasi xarid qilish uchun qo‘shimcha 128 million 645 ming so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qaror prezident va Vazirlar Mahkamasiga qaror va nizomlariga asosan, 2022 yilning 26 mart sanasida, prezident topshirig‘idan 5 kun avval Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 34-sessiyasiga kiritilib, deputatlar tomonidan ma’qullangan.

Qaror 2 aprel kuni chiqarilishiga hujjat barcha mas’ullar kelishuvidan keyin imzolanib, «e-qaror» elektron tizimiga kiritilgani sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid