2022 yilning mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar örtaça 1,5 foizga qimmatlaşib, yillik inflatsiya darajasi 10,5 foizga (mos ravişda oziq-ovqat mahsulotlari sektoridagi inflatsiya darajasi 14,5 foizni taşkil qilgan) yetdi.

Ötgan oyda narxlar va tariflar ösişida yetakçi örinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari örtaça 2,5 foizga oşgan. Kun.uz Statistika qömitasi taqdim qilgan ma’lumotlar asosida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlar özgarişini tahlil qilib çiqdi.

Kungaboqar va paxta yoği

2021 yilning mart oyiga nisbatan kungaboqar yoği 26,9 foizga, paxta yoği narxi esa 28,9 foizga oşgan. 2022 yilning 30 mart holatiga köra, respublikaning markaziy bozorlarida 1 litr kungaboqar yoği 14-25 ming söm oraliğida sotilayotgani qayd etilgan. Mart oyi davomida kungaboqar yoği 3,1 foizga qimmatlaşgan.

Ma’lumot uçun, 1 apreldan boşlab Rossiyadan xorijga kungaboqar eksport qiliş taqiqlandi. Şuningdek, 15 apreldan kungaboqar yoği eksportiga 1,5 mln tonnalik kvota kiritilişi mumkin. Çeklovlarning 31 avgustgaça amal qilişi közda tutilgan. Özbekistonda ösimlik yoğiga yillik ehtiyojning yarmiga yaqini import hisobiga qoplanişi, umumiy importning esa qariyb 2/3 qismi Rossiya hissasiga töğri kelişi içki bozordagi narxlar qimmatlaşişiga ta’sir ötkazişi mumkin.

Şakar

Şakar narxi yillik nisbatda olinganda 36,6 foizga, 2021 yilning dekabr oyiga nisbatan 14,5 foizga, joriy yilning mart oyida esa 12,8 foizga qimmatlaşgan.

2022 yilning 30 mart holatiga köra, respublikaning markaziy bozorlarida 1 kg şakar 8,5-14 ming söm oraliğida sotilmoqda.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi ma’lumotlariga köra, mart oyida şakar narxining keskin qimmatlaşişiga Rossiya hukumati tomonidan şakar eksporti uçun joriy qilingan çeklovlar va çakana savdo tarmoğida kutilayotgan uzilişlar sabab içki bozorida sun’iy talab bosimining oşişi ta’sir qilgan. Qöşimça qilinişiça, mahalliy işlab çiqariş quvvatlari içki talabni töliq qondira oladi.

Guruç va buğdoy uni

Yillik nisbatda guruç narxi 0,4 foizga arzonlaşgan, buğdoy uni esa 11,2 foizga oşgan. Mart oyining özida buğdoy uni 2 foizga qimmatlaşgan.

Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lumotlariga köra, 2021 yil yakuniga qadar 2 mln 771 ming tonna buğdoy doni va 357,7 ming tonna un xususiy sektor tomonidan asosan Qozoğistondan import qilingan. Qozoğiston qişloq xöjaligi vaziri Yerbol Karaşukeyevga tayanib, xabar berilişiça, qöşni respublika içki bozorni himoya qiliş uçun buğdoy va un eksportiga vaqtinçalik çeklovlar kiritiş ustida iş olib bormoqda. Bu un mahsulotlari bahosiga qöşimça bosim ötkazişi mumkin.

Suyakli mol göşti

Qayd etilişiça, suyakli mol göşti 2021 yilning mart oyiga nisbatan 8,5 foizga qimmatlaşgan.

Statqöm ma’lumotlariga köra, 2022 yil 30 mart holatiga suyakli mol göştining 1 kilogrammi respublikaning markaziy bozorlarida 45-70 ming söm oraliğida sotilmoqda.

Yillik nisbatda olinganda qöy göşti ham 8,1 foizga oşgan, ötgan mart oyi davomida esa narxlarda özgariş sodir bölmagan. Statqömning oxirgi ma’lumotlari böyiça, bozorlarda qöy göşti 55-80 ming söm oraliğida sotilmoqda. Rasmiy ma’lumotlar şuni körsatadiki, göşt mahsulotlari asosan Özbekistondagi mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan yetiştiriladi. Narxlarning qimmatlaşişiga arpa, buğdoy va boşqa çorva ozuqalari narxlarining oşişi ta’sir körsatişi mumkin.

Ma’lumot uçun, 2021 yil davomida Özbekistonga 188 million dollar qiymatidagi (2020 yilga nisbatan ösiş 84 foiz) göşt mahsulotlari (tovuq göşti) import qilingan.

Tuxum, sariyoğ va sut

Ötgan yilning mart oyidan beri tuxum 4,4 foizga, sariyoğ 13,4 foizga, sut narxi esa 16,4 foizga kötarilgan. Bu körsatkiçni 2021 yilning dekabr oyi bilan soliştirsak, tuxum narxi 3,7 foizga arzonlaşgan. Sariyoğ narxi 4,2 foizga, sut narxi 4,7 foizga qimmatlaşgan.

Bundan taşqari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi tahlillariga köra, joriy yilning 1-31 mart kunlari bozorda kivi 2 500 sömga, mandarin 1 500 sömga, moş 1 250 sömga, kartoşka (import), lavlagi, turp 500 sömga hamda guruç (alanga) 250 sömga arzonlaşgan. Şu bilan bir qatorda, uzum 12 500 sömga, bulğori qalampiri (qizil) 10 000 sömga, bodring (orzu navi) 8 000 sömga, anor 5 500 sömga, apelsin va bulğori qalampiri (yaşil) 5 000 sömga, pomidor 4 000 sömga, nöxot 3 000 sömga, sarimsoq piyoz 2 500 sömga, qovun, guruç (lazer) hamda pomidor (puşti) 2 000 sömga, piyoz 1 200 sömga, nok va limon 1 000 sömga hamda karam 850 sömga qimmatlaşgan.

Ma’lumot uçun, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida Özbekistonga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi yuqori uluşga ega bölgan mahsulotlar:

  • Buğdoy – 113,1 mln dollarga;
  • Şakarqamiş – 59,6 mln dollarga;
  • Margarin mahsulotlari – 52,1 mln dollarga;
  • Qoramol göşti – 26,5 mln dollarga;
  • Ösimlik yoği – 22,5 mln dollarga;
  • Kartoşka – 21 mln dollarga;
  • Kakao va şokolad – 19,6 mln dollarga;
  • Buğdoy uni – 16,4 mln dollarga.