Qozoğiston içki bozorni himoya qiliş uçun buğdoy va un eksportiga vaqtinçalik çeklovlar kiritiş ustida iş olib bormoqda. Bu haqda respublika qişloq xöjaligi vaziri Yerbol Karaşukeyev ma’lum qildi. 

"Buğdoy va un eksportiga çeklovlar kiritiş ustida iş olib borilmoqda", - dedi u. 

Karaşukeyevning sözlariga köra, bu çora "mahalliy işlab çiqaruvçilarning tegirmonçilarga buğdoy sotişni xohlamayotgani" bilan boğliq.  

"Rossiya buğdoy eksportini taqiqladi, vaziyatni bilamiz, nazoratda uşlab turibmiz. Bizda içki bozor uçun buğdoy yetarli... eksportga ham qoladi. Eksportyorlar içki bozorga sotişni istamayapti, eksport narxi oşişini kutyapti", - dedi vazir.  

Şu bilan birga, Karaşukeyev çeklovlar qaçondan kiritilişini aytmadi.