Urgutlik tadbirkor Feruz Baratov Kun.uz bilan suhbatda közi ojiz bölib qolgan dastlabki yillar, özgalarga qaramlik va yonib yaşaşga topilgan iştiyoq haqida gapirib berdi.
Feruz 2007 yilda aksariyat tengdoşlari qatori Rossiyaga işlaş uçun boradi. Bir neça yil işlab, ota-onasiga pul jönatib turadi.
U 2012 yillarda boşida kuçli oğriq turgani, burnidan qon kelganini eslaydi. “Kuçli şamollaşning belgilari bor edi. Şundan söng bu holat tez-tez takrorlanib turdi. Oçiği, boşqa sabab körsata olmayman, çunki heç qanday zarba olmagandim, yiqilmagandim. Özimça davolanib yurdim. 2015 yilda Özbekistonga butunlay qaytib keldim va oila qurdim”, – deydi u.

Töydan bir muddat ötib, Feruz közi xiralaşa boşlaganini sezadi. Şifokorlarga körinadi, çuqur tekşiruvlardan ötadi. 2016 yilning yanvarida Toşkentda operatsiya ötkaziladi.
“Operatsiyadan çiqqanimdan söng közim körmay qoldi. Tasavvur qiling, közingizni boğlab qöyişsa, qança vaqt tura olasiz. Nimani his qilasiz? Asosiysi bilasizki, ma’lum vaqtdan söng közingizdagi boğiçni yeçib yuborişadi va siz yana köra boşlaysiz. Menda unaqa bölmadi...” deydi Feruz.
Vaqt ötgani sari şifokorlar unga özlari bilgan haqiqatni singdirib borişadi. U butunlay körmay qoladi.
Bu orada farzandlari dunyoga keladi.
“Ularni erkalardim. Men gödaklikdayoq közi ojiz bölib tuğilganimda, balki sinovim boşqaçaroq bölişi mumkin edi. Bolalarimni körolmasligim juda alam qilardi.
Ota-onam, ukam köçadan uyga kirar ekan, farzandlarimga şirinlik olib kelardi. Şunda öyladim, nahotki men ularga mehnat qilib, nimadir olib keliş baxtidan mahrumman? Bir umr mehnat qilib, nonini özi topib yurgan odam uçun bu oğir sinov ekan. Farzandlarim uçun nimadir qilişim kerak, degan qarorga keldim. Töğri, hozir yaqinlarimga malol kelmayotgandirman, ammo bolalarim kelajagi uçun ham özim işlaşim kerakligi haqida köp öyladim”, deydi qahramonimiz.
Urgutda milliy hunarmandçilik ança rivojlangan. Feruz Baratov turmuş örtoği bilan birgalikda körpa-körpaça, yostiq tikişni yölga qöyadi.















