Samarqand viloyatida 1 yanvar holatiga aliment tölovlarini undiriş bilan boğliq ijro hujjatlari 34 508 ta, ya’ni MIB iş yurituvidagi işlarning 28,3 foizini taşkil qilgan. Bu haqda byuroning viloyat boşqarmasi mas’ul xodimlari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Uşbu toifadagi ijro hujjatlari yuzasidan 2021 yilda amalga oşirilgan majburiy ijro tadbirlari natijasida aliment tölovçi qarzdorlardan jami 53,1 mlrd sömdan ortiq aliment pullari undirib berilgan. Joriy yilning ötgan uç oyida esa 21 mlrd 3 mln sömdan ortiq aliment pullari undirilgan.

MIB Samarqand viloyat boşqarmasi boşliği örinbosari Fozil Fayziyevga köra, 2021 yilda bu toifadagi ijro işlari böyiça qarzdor va undiruvçilar bilan muntazam profilaktik suhbat olib borilgan. Natijada, 1345 ta yoş oila yaraştirilgan. 2022 yilning ötgan uç oyida ajrim yoqasidagi 1961 ta oila tiklangan.

2021 yil davomida işsiz, yordamga muhtoj, oğir ahvolga tuşib qolgan aliment tölovçi qarzdorlarning 2104 nafari işga joylaştirilgan. Ularning doimiy bandligi ta’minlanib, aliment undiruvlari ularning iş haqlarini ma’lum miqdoriga qaratilgan. Joriy yilning ötgan uç oyida xuddi şunday 640 nafar işsiz aliment tölovçilar işga joylaştirilgan.

2022 yilning ötgan uç oyida 267 nafar qarzdorlar ma’muriy javobgarlikka, 35 nafari esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.