IIV Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xabar berişiça, 2022 yil 5 aprel kuni Toşkent şahar IIBBga «Farhod dehqon bozori» AJ hududida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan.

U «Farhod dehqon bozori» AJ direktori va uning xavfsizlik böyiça örinbosari Toşkent şahar hokimining 2021 yil 19 fevraldagi 203-sonli «Elga xizmat» va «Arzonlaştirilgan savdo yarmarkalari» savdo nuqtalaridan tölov olinmasligi haqidagi qaroriga zid ravişda, bozordan çiqarib yuboriş bilan qörqitib, 2021 yil sentabr oyidan buyon har 10 kunlik savdo faoliyati uçun 660 000 sömdan pul mablağlarini kassir orqali olib kelayotganini, hozirda oxirgi 2 oy uçun 3 400 000 söm tölaşni noqonuniy ravişda talab qilayotganini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Mazkur arizaga asosan, şu kuni Toşkent şahar IIBB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi hamda DXX Toşkent şahar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida, AT “Xalq banki” Uçtepa filialining “Farhod dehqon bozori” AJga xizmat körsatuvçi kassiri xizmat xonasida ariza muallifidan 3 400 000 söm olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Şuningdek, uning yonidan kunlik tuşumdan inkassatsiya qilingan 8 300 000 söm va inkassatsiya qilinmagan 9 150 000 söm pul mablağlari borligi aniqlanib olingan.

Tezkor tadbir davomida, «Farhod dehqon bozori» AJ direktori hamda uning xavfsizlik böyiça örinbosari uşlanib, uning “Jyentra” rusumli avtomaşinasida 24 967 000 söm pul mablaği borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan 2022 yil 6 aprel kuni Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan JKning tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, yuqoridagi şaxslar JPKning 224-moddasi tartibida uşlanganlar. 

Ma’lum qilinişiça, jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.