Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi böyiça kamida beş yil mehnat stajiga ega bölgan xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalariga tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qiliş tartibini tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilarni nazarda tutuvçi mutaxassisligi böyiça kamida beş yil iş stajiga ega bölgan xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalariga tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi va 2022 yil 1 maydan boşlab kuçga kiritiladi:

  • alohida kvotalarni davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlaş tartibi;
  • mutaxassisligi böyiça kamida beş yil iş stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bölmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma beriş tartibi;
  • alohida test sinovlarini ötkaziş tartibi.

Xotin-qizlarga tavsiyanoma Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi tomonidan bir marta beriladi hamda tavsiyanoma berilgan kundan boşlab 3 yil muddatga amal qilişi belgilanadi.

Tegişli tavsiyanomaga ega bölgan xotin-qizlar har yili oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yönalişiga kiriş uçun hujjatlarni topşiriş muddatlarida örnatilgan tartibda maxsus elektron tizim orqali röyxatdan ötkaziladi.

Tartib mutaxassisligi böyiça kamida beş yil mehnat stajiga ega bölgan, lekin oliy ma’lumotga ega bölmagan xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalariga tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilişni belgilaydi.

Bunda, öqişga qabul qiliş Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi tavsiyanomasi asosida mutaxassisligi böyiça kamida beş yil mehnat stajiga ega bölgan, lekin oliy ma’lumotga ega bölmagan xotin-qizlar hisobidan, keyinçalik uşbu tizimda beş yil işlab beriş şarti bilan iş faoliyatiga mos bölgan bakalavriat ta’lim yönalişlariga test sinovlari natijalariga asosan amalga oşiriladi.

Mazkur tartib oliy harbiy va harbiylaştirilgan ta’lim muassasalariga, Özbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tavsiyanoma mutaxassisligi böyiça kamida beş yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bölmagan xotin-qizlar uçun beriladi.

Tavsiyanoma oliş uçun talabgor xotin-qizlar doimiy yaşaş yoki vaqtinça röyxatda turgan joyidagi tuman (şahar) oila va xotin-qizlar bölimlariga elektron şaklda har yili 1 maydan 1 iyunga qadar murojaat qiladi.