Yangi taşkil etilgan “Vatandoşlar” jamoat fondi öz rasmiy saytini (vatandoshlarfondi.uz) test rejimida işga tuşirganini ma’lum qildi.
“Endi sizda yurtimiz va xorijdagi yangiliklar, fond tomonidan amalga oşirilayotgan loyihalar, jamoat birlaşmalari faoliyati haqidagi ma’lumotlardan bahramand böliş imkoniyati mavjud”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, “Vatandoşlar” fondi 2021 yil avgust oyida prezident qarori asosida taşkil etilgan edi.
Özbekiston xalq artisti Şerali Jörayev fond vasiylik kengaşi raisi, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov vasiylik kengaşi raisi örinbosari etib tayinlangan.
Fondni taşkil etiş uçun zarur bölgan dastlabki mablağ sifatida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamğarmasidan 5 milliard söm ajratilgan.
Fond faoliyatining asosiy yönalişlari quyidagilar deb belgilangan:
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlaşmalari bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va rivojlantiriş;
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlarning huquq va erkinliklarini himoya qilişga kömaklaşiş;
- xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tuşib qolgan vatandoşlarni belgilangan tartibda moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam körsatiş;
- xorijda özbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qoliş va rivojlantirişga qaratilgan faoliyatni qöllab-quvvatlaş;
- xorijda Özbekistonning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng tarğib qiliş va ommalaştiriş, vatandoşlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni taşkil etişda kömaklaşiş;
- vatandoşlar tomonidan taşkil etilgan jamoat birlaşmalari faoliyatini rağbatlantiriş, ularga xorijda özbek milliy madaniy markazlarini taşkil etişda









