Germaniyadagi Özbekiston elçixonasida “Vatandoşlar” jamoat fondi tomonidan öşa yerda istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan özbekistonliklar örtasida uçraşuvlar va “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi.
Xorijda yaşovçi özbekistonliklar bilan hamkorlik aloqalarini olib borayotgan “Vatandoşlar” jamoat fondi vakillaridan ibora delegatsiya şu kunlarda Germaniyadagi vatandoşlarimiz bilan uçraşmoqda. Germaniyaning Berlin şahrida joylaşgan Özbekiston elçixonasida Germaniyaning turli hududlarida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan bir guruh vatandoşlarimiz jam bölişdi. Uçraşuvda yoşlar “Zakovat” intellektual klubi vakillari iştirokida “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi. Öyinda ğolib jamoaga “Vatandoşlar” jamoat fondi tomonidan Özbekistonning bir neçta şaharlariga bir haftalik sayohat uçun yöllanmalar taqdim qilindi.
“Özbekistonni köp aylangan bölsak ham, ota-onamni juda soğingandim. Çunki 8 oydan beri Germaniyada yaşayapman. “Zakovat”ga Özbekistonda öqiyotgan vaqtimizda ham iştirok etardik. Bu yerda ham ötkazilişini eşitganimizdan keyin 2 hafta mobaynida keçqurunlari tayyorgarlik kördik. Bugun bu öz natijasini berdi”, deydi ğolib jamoa iştirokçisi, Dyusseldorf universiteti talabasi Şahzod Kenjayev.
Ayni paytda Bonn universitetida magistratura bosqiçida tahsil olayotgan Anvarjon Qöqonov tadbir xorijdagi yurtdoşlar bilan yaqin munosabatlarni yölga qöyganini ta’kidladi:
“Bu kabi tadbirlar köproq ötkazilişi tarafdoriman. 20dan ortiq jamoalar iştirok etişdi, juda köp mehmonlar kelişdi. Nafaqat öz bilimimizni sinadik, balki hamyurtlarimiz bilan yaqindan tanişdik, aloqalar örnatdik, fikr almaşdik. Tez-tez taşkil etiş taklifini bergan bölardim”.
Safar davomida delegatsiya Germaniyadagi “70 özbek-olmon” jamiyati vakillari bilan uçraşdi. Uşbu jamiyat 2023 yilda Myunxen şahrida taşkil etilgan bölib uşbu şaharda istiqomat qilayotgan özbekistonliklarni birlaştirib turadi.
“2009 yilda Myunxenga kelganman va bu yerda öqib, işlab, hozir mehnat faoliyatimni davom ettirib kelyapman. Özbek yurtdoşlarimiz bilan birgalikda jamiyatimizni tuzganmiz. Jamiyatimizning nomi “70 özbek-olmon” deb ataladi. Bu jamiyatni tuzişimizdan maqsad şu yerda yaşayotgan özbek oilalari orasida öz qadriyatlarimizni saqlab qoliş, turli an’analarni nişonlaşdan iborat. Farzandlarimizga ham öz madaniyatimizni taniştiriş va singdiriş, Özbekistonga bölgan hissiyotlarini uşlab turişdir”, deydi jamiyat rahbari Şuhrat Mirzahmedov.







