Hujjatda aytilişiça, fondni taşkil etişdan maqsad xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlarni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslaştiriş, milliy özlikni saqlab qoliş, vatandoşlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlaşmalarini qöllab-quvvatlaş, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoşlar salohiyatini mamlakat taraqqiyotiga samarali yönaltirişdan iborat.

Quyidagilar fond faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilandi:

  • xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlaşmalari bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va rivojlantiriş;
  • xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlarning huquq va erkinliklarini himoya qilişga kömaklaşiş;
  • xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tuşib qolgan vatandoşlarni belgilangan tartibda moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam körsatiş;
  • xorijda özbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qoliş va rivojlantirişga qaratilgan faoliyatni qöllab-quvvatlaş;
  • xorijda Özbekistonning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng tarğib qiliş va ommalaştiriş, vatandoşlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni taşkil etişda kömaklaşiş;
  • vatandoşlar tomonidan taşkil etilgan jamoat birlaşmalari faoliyatini rağbatlantiriş, ularga xorijda özbek milliy madaniy markazlarini taşkil etişda amaliy yordam körsatiş;
  • xorijiy davlatlarning ta’lim özbek tilida olib borilayotgan muassasalarida pedagog kadrlarga bölgan mavjud ehtiyojdan kelib çiqib, xorijda istiqomat qilayotgan iqtidorli vatandoşlarning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olişlariga kömak körsatiş;
  • rivojlangan xorijiy davlatlarda yaşab kelayotgan olim va ijodkor vatandoşlarning yurt nufuzini oşirişga qaratilgan ilmiy, ijodiy izlanişlarini qöllab-quvvatlaş;
  • xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlarni Özbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan şuğullanişga faol jalb qiliş.

Ilovaga muvofiq, Özbekiston xalq artisti Şerali Jörayev vasiylik kengaşi raisi, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov vasiylik kengaşi raisi örinbosari etib belgilandi.