Qozoğiston hukumati Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldiga tegişli kompaniyalar «Qozoqtelekom» aksiyalarining 30 foizga yaqinini davlat mulkiga qaytarganini e’lon qildi, Sotiboldining özi noqonuniy özlaştirişda gumon qilinib hibsga olingan.
«Qozoqtelekom»ning aksiyadorlari - Skyline Investment Company S.A. va Alatau Capital Investment şirkatlari özining 28,8 foizlik aksiyalari umumiy uluşini davlat mulkiga ötkazişga qaror qildi, deya xabar berilgan 12 aprel, seşanba kuni Qozoğiston hukumati saytida.
Qaror matnida mazkur kompaniyalarning takliflari qabul qilinib, «Qozoqtelekom» ustav kapitalining 24,95 foizini taşkil etuvçi 2 million 671 ming 481 dona oddiy aksiya Skyline Investment Company S.A.’dan respublika mulkiga beğaraz ötkazilişi qayd etilgan. Öz navbatida, Alatau Capital Investment «Qozoqtelekom» ustav kapitalining 3,85 foizini taşkil etuvçi 413 412 dona oddiy aksiyalarni davlatga ötkazadi.
Mart oyi örtalarida Qozoğiston korrupsiyaga qarşi xizmati Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldini «Qozoqtelekom»dagi mablağlarni özlaştirişda gumon qilib, hibsga olgan edi. OAV ma’lumotlariga köra, u «Qozoqtelekom»ning 24 foiz uluşiga ega bölgan Skyline Investment Company S.A. ofşor kompaniyasining yagona ta’sisçisi bölgan. Bundan taşqari, OAV 2016 yilda Sotiboldi özining Alatau Capital Invest kompaniyasi orqali «Qozoqtelekom» aksiyalarining 4 foizga yaqinini sotib olgani haqida xabar bergan.
Qayrat Sotiboldi - Nazarboyevlar oilasi a’zolaridan biri, respublika sobiq prezidenti ukasining öğli. U Forbes Kazakhstan talqiniga köra mamlakatning eng nufuzli biznesmenlari röyxatiga kiritilgan, 2018 yilda uning boyligi 163 million dollarga baholangan. Qayrat Sotiboldi davlat xizmatida işlagan, Qozoğiston poytaxti hokimining örinbosari bölgan, milliy kompaniyalarda mas’ul lavozimlarda işlagan.
Nursulton Nazarboyev 2019 yilning mart oyida Qozoğiston prezidenti lavozimini tark etib, xavfsizlik kengaşi va Qozoğiston xalq assambleyasi raisi bölgan. 2021 yilning aprelida u Qozoğiston xalq assambleyasi rahbari vakolatlarini amaldagi prezident Qosim-Jömart Töqayevga topşirdi. Yanvar oyidagi norozilik namoyişlari va tartibsizliklar paytida u Nazarboyevni nufuzli organ – xavfsizlik kengaşi raisligidan çetlaştirdi. Biroz vaqt ötgaç, Nursulton Nazarboyev Qozoğistonning yagona yetakçisiga aylangan Töqayevga hukmron «Nur Otan» partiyasi raisligini ham topşirdi.











