Sotiboldi 18 milliard tenge (37 million dollar) qiymatidagi aktivlarni, jumladan, Olmaotadagi biznes markazi, tijorat köçmas mulki va Ostonadagi elita uyini topşirib bölgan.

“Boş prokuratura huzuridagi aktivlarni qaytariş qömitasi Sotiboldiuli Q.ning aybiga iqror böliş va noqonuniy yöl bilan olingan mol-mulkni qaytariş töğrisidagi protsessual kelişuv şartlari ijrosi ustida işlamoqda. Uşbu aktivlarning umumiy summasi baholaşni hisobga olgan holda 50 milliard tengedan oşadi”, — deyiladi Boş prokuratura saytida.

Xabarga köra, Qayrat Sotiboldidan tintuv paytida olib qöyilgan yana 95 ming dollar maxsus davlat jamğarmasiga ötkazilgan. Bundan taşqari, Qozoğiston sobiq prezidentining jiyani eksklyuziv zargarlik buyumlari, brend soatlari va kolleksiya tangalarini davlatga qaytargan. Birlaşgan Arab Amirliklaridan umumiy qiymati 192 million tenge (deyarli 400 ming dollar) Rolls-Royce Cullinan va Aston Martin avtomobillari körinişidagi aktivlari qaytarib kelingan.

Boş prokuratura ma’lumotlariga köra, Qayrat Sotiboldi va yaqinlarining xorijdagi mulklarini topşiriş jarayoni yakunlaniş bosqiçida. Ilgari Sotiboldi Dubaydagi villa, Fransiyadagi törtta haşamatli kvartira, Turkiyadagi ikkita villa va Moskvadagi yana 15 ta nufuzli turar joy körinişidagi aktivlarini qaytargandi. Qayrat Sotiboldi umumiy hisobda 2,5 yil davomida davlatga 710,6 million dollar qaytardi.

2024 yil yanvar oyida Sotiboldi davlatga 650 milliard tengeni qaytargani haqida xabar berilgandi.

Qayrat Sotiboldi Qozoğistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani. 2022 yil mart oyida u «Qazaqtelekom» aloqa operatoridan mablağlarni öğirlaş va mansab vakolatini suiiste’mol qilişda gumonlanib hibsga olingandi. 

Nazarboyevning jiyani «Qazaqtelekom» aksiyalarining 24 foizdan ortiğiga egalik qiluvçi Skyline Investment ofşor kompaniyasi asosçisi bölgan. 

Öşa yilning sentabr oyida Sotiboldi mansab vakolatini suiiste’mol qiliş va ikki kompaniyaning mablağlarini öğirlaşda aybdor deb topildi. U mol-mulki musodara qilinib, muayyan lavozimlarni egallaş huquqidan mahrum qilingan holda 6 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. U aybini tan oldi va yetkazilgan zararni qopladi, bu esa yengillaştiruvçi holatga aylandi. 

2023 yil dekabr oyida Sotiboldi şartli ravişda ozod qiliş töğrisida ariza berdi. Ammo sud qamoqxonadagi xulq-atvori namunali emasligi va bir qança qoidalarni buzganini ta’kidlab, arizani rad qildi.