Qozoğiston korrupsiyaga qarşi kuraş xizmati sudlangan tadbirkor Qayrat Sotiboldi davlatga 650 milliard tengeni (1,4 milliard dollar) qaytarganini ma’lum qildi, deb yozdi Tengrinews.
Departament rasmiy vakili Arman Tleukanovning aytişiça, Qayrat Sotiboldiga nisbatan jinoiy yöl bilan olingan daromadlarni legallaştiriş böyiça 218-modda 3-qismi böyiça tergovga qadar suriştiruv işlari yakunlangan.
«Qayrat Sotiboldi jinoiy yöl bilan olingan mablağlar va noqonuniy orttirilgan daromaddan foydalangan holda turli xil mulk sotib olgan, şu jumladan çet elda. Bu iş hozir sudda. Soliq tölaşdan böyin tovlaş böyiça yana bir epizod qayd etilgan bölib, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda», dedi u.
Tleukanovning aniqlik kiritişiça, şu kungaça davlatga qaytarilgan mablağlarning umumiy miqdori 912 milliard tengeni (2 milliard dollar) taşkil etadi.
Qayrat Sotiboldi Qozoğistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani. 2022 yil mart oyida u «Qazaqtelekom» aloqa operatoridan mablağlarni öğirlaş va mansab vakolatini suiiste’mol qilişda gumonlanib hibsga olingan edi.
Nazarboyevning jiyani «Qazaqtelekom» aksiyalarining 24 foizdan ortiğiga egalik qiluvçi Skyline Investment ofşor kompaniyasi asosçisi bölgan.
Öşa yilning sentabr oyida Sotiboldi mansab vakolatini suiiste’mol qiliş va ikki kompaniyaning mablağlarini öğirlaşda aybdor deb topildi. U mol-mulki musodara qilinib, muayyan lavozimlarni egallaş huquqidan mahrum qilingan holda 6 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. U aybini tan oldi va yetkazilgan zararni qopladi, bu esa yengillaştiruvçi holatga aylandi.
2023 yil dekabr oyida Sotiboldi şartli ravişda ozod qiliş töğrisida ariza berdi. Ammo sud qamoqxonadagi xulq-atvori namunali emasligi va bir qança qoidalarni buzganini ta’kidlab, arizani rad qildi.













