Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lumot berişiça, Ukraina harbiylari tomonidan Rossiya hududidagi obektlarga zarbalar berilgan. Agar bu işlar davom etsa, Rossiya bu borada qaror qabul qiladigan markazlar, xususan, Kiyevga zarbalar beriladi.
«Ukraina harbiylari tomonidan Rossiya hududida joylaşgan obektlarga zarba berilişi va diversiyaga uriniş holatlari kuzatilmoqda. Agar şunday harakatlar davom etsa, Rossiya qurolli kuçlari bu borada qaror qabul qilinadigan markazlar, xususan, Kiyevga ham zarbalar beradi. Rossiya armiyasi hozirgaça bu işdan tiyilib kelgandi», deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Rossiyaning Ukraina bilan çegaradagi bir neçta viloyatlarida sariq darajadagi terroristik xavf holati e’lon qilingan. Oldinroq Rossiya va Ukraina çegara hududlarda provakatsiya tayyorlanayotgani iddaosi bilan bir-birini ayblab çiqqandi.













