G‘oliblarning atigi 24 foizi suhbatga chaqirilgan...

DV Lottery dasturida so‘nggi besh yilda AQShga 50 ming fuqarosi immigratsiya qilgan davlatlardan tashqari barcha davlatlar fuqarolari, jumladan, o‘zbekistonliklar ham qatnasha oladi. Har yili lotereyada ishtirok etganlar orasidan dunyo bo‘ylab 55 ming kishi tanlab olinadi. Grin-karta egalari tasodifiy tanlanadi. Beriladigan vizalar mamlakat va mintaqa bo‘yicha cheklangan. Hech qaysi mamlakatga umumiy «grin-karta»ning 7 foizidan ortig‘i berilmaydi.

2022 yilda esa 6001 nafar O‘zbekiston fuqarosi DV dasturi g‘olibi bo‘lgan. Ya’ni shuncha hamyurtimiz AQSh vizasi uchun talabgorlik qilmoqda. Biroq hozirga qadar ularning 1431 nafarigina suhbatga chaqirilgan. Bu jami g‘oliblarning 24 foizini tashkil qiladi.

“Agar ish shu tezlikda ketsa, oktyabrgacha ariza (keys) raqami katta bo‘lgan talabgorlar suhbatga chaqirilmasligi, natijada u DV Lottery dasturida g‘olib bo‘lganiga qaramay grin-karta ololmasligi mumkin”, demoqda Kun.uz bilan suhbatda grin-karta yutgan o‘zbekistonliklardan biri.

Turli millat vakillari uchun immigratsiyaviy viza statistikasi (Diversity Visas Statistics) platformasidan skrinshot

Ma’lum bo‘lishicha, hozirgacha 1431 kishidan faqat 1063 nafari may oyiga qadar suhbatga chaqirilgan. 368 nafar talabgor uchun esa suhbat kuni belgilangan bo‘lib, ular may oyida viza berish masalasi hal bo‘ladigan suhbatga kirishi kutilmoqda.

Suhbatdan o‘tgan o‘zbekistonliklarning 567 nafarigagina viza berilgan bo‘lsa, 177 nafarining hujjatlari kamchiliklar va boshqa sabablarga ko‘ra elchixonada shubha uyg‘otgani uchun ma’muriy tekshirishga yuborilgan. 194 nafar talabgor viza masalasi ko‘rib chiqish jarayoni va suhbatga noma’lum sabablarga ko‘ra kela olmagan, DV-2022 dasturi g‘olibi bo‘lgan 125 kishining viza ololmasligi ma’lum bo‘lib ulgurgan, chunki suhbatdan so‘ng ularga viza berish rad etilgan.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan 2021 yilning oktyabr oyidan 2022 yilning fevral oyigacha berilgan immigratsion va noimmigratsion vizalar statistikasi

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, qoidaga ko‘ra DV-2022 g‘oliblarini suhbatga chaqirish 2021 yilning oktyabridan boshlangan. Biroq AQShning Toshkentdagi elchixonasi 2021 yil 10 oktyabridan 2022 yilning 31 yanvarigacha birorta ham nomzodni suhbatga chaqirmagan. Bunga pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sabab qilib ko‘rsatilgan. Vaholanki 4 oy mobaynida elchixona tomonidan 3466 nafar immigratsion va DV-2022 dasturiga aloqasi bo‘lmagan boshqa noimmigratsion vizalar