Klub rasmiy sayti xabariga köra, ten Hag bilan 2025 yilga qadar şartnoma imzolangan bölib, kelişuvni yana bir yilga uzaytiriş bandi ham kiritilgan.

Avvalroq, «MYu» 52 yoşli mutaxassis uçun uning jamoasi «Ayaks»ga 2 million yevro tovon puli tölaşi xabar qilingan edi. U 2017 yildan buyon Amsterdam jamoasini boşqarayotgandi.

Erik ten Hagning «Ayaks»dagi yordamçisi Mitçell van der Gaag ham Mançesterga köçib ötadi. «MYu» boş murabbiyi Ralf Rangnik yil yakunida öz lavozimini tark etib, jamoada maslahatçi sifatida faoliyat yuritişi haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uçun, «Yunayted» APL 33-turidan keyin 54 oçko bilan 6-örinda bormoqda.