Devorlarga monopoliya, benzin narxiga doir hajviy-tanqidiy suratlar çizib ketişi bilan tanilgan, asosan tunda ijod qiladigan Inkuzart taxallusli köça rassomi, bugun, 26 aprel kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi binosining devoriga çizgan yangi rasmini e’lon qildi. 

Tunda çizilgan suratda «Corruption» (ingliz tilida «korrupsiya», «poraxörlik» ma’nolarida) sözi yozilgan qop kötarib olgan Şum bola obrazi tasvirlangan.

Agentlik direktori Akmal Burhonov özining Telegram-kanalida uşbu suratga munosabatini e’lon qildi.

«Bu yukdan qança tez qutulsak, oldimizga qöyilgan maqsadlarga şunça tez erişamiz. Buning uçun nafaqat Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, balki aholining barça qatlamlari faol iştirok etişlari, kömaklaşişlari kerak.

Agentlik mazkur graffiti muallifi @inkuzart'ning ijodiy ğoyasini va şu kabi korrupsiyaga nisbatan murosasizlikka qaratilgan kreativ yondaşuvlarni doimo qöllab-quvvatlaydi», – deb yozgan Akmal Burhonov.

 

Mazkur surat jamoatçilik orasida muhokamalarga ham sabab böldi.

Xususan, iqtisodçi va bloger Otabek Bakirov Özbekistonda korrupsiyaga qarşi qöyilayotgan haykallar sovet davridagi Lenin haykallaridan ham köproq bölişi mumkinligini aytgan.

«Inkuzart’ga rahmat, albatta. Balki bu devor korrupsiya bilan kuraşda har kuni yutqazayotgan va kambağallaşayotgan özbekistonliklar uçun yiği devori bölib qolar.

Lekin har kuni, masalan, ğorat qilingan Milliy boğ örnida qöqqayib turgan Magic City’ga közim tuşganda, Texnopark sçyotçigi körsatkiçlarini tekşirganda, qurilgunça uç barobar narxi şişgan köprik ustidan ötayotganda, buzib yuborilgan tramvay yöli örnidagi yerusti metrosiga çiqqanda, Navoiy köçasida probkada turganda, yevro remont qilingan Mohi Xossani körganda – misollarni çeksiz sanaş mumkin, özimga özim aytaman: Özbekistonda korrupsiyaga haykallar qurib bölingan va qurilmoqda. Balki ular sovet davridagi Lenin haykallaridan ham köproqdir», – deydi bloger.

Bunga qadar muallifning bir qança köça suratlari öçirib taşlangan edi. Xususan, 2021 yil sentabrida avtosanoat monopoliyasi va uzun navbatlarga bağişlangan strit-art öçirib yuborilgan.

2021 yil noyabrda oyida benzin narxi oşişi tanqid qilingan köça surati yöq qilingandi.

2022 yil fevral oyida esa Toşkent şahar Çilonzor tumani hokimining buyruği bilan Eynşteyn portreti va uning formulalari aks etgan devor böyab taşlangandi.