
Avtomonopoliyaga atalgan strit-art Çilonzor tumanidagi, AQŞning sobiq elçixonasi binosi devorlariga tuşirilgan. Muallif – @inkuzart taxallusli köça rassomi.
4 sentabr kuni Toşkentda UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasi va buning ortidan avtomobillar uçun paydo bölayotgan uzundan uzun navbatlarga bağişlangan köça suratlari paydo böldi.

Avtomonopoliyaga atalgan strit-art Çilonzor tumanidagi, AQŞning sobiq elçixonasi binosi devorlariga tuşirilgan. Muallif – @inkuzart taxallusli köça rassomi.
Suratlar orqali muallif avtosalonlarda maşina xarid qiliş uçun navbatda turganlar duç keladigan yana bir muammo “şapka” tizimini qizğiş boş kiyimi timsolida eslatib ötgan.

5 sentabr kuni rassom devorga çizilgan uşbu tasvirlar öçirila boşlanganini ma'lum qildi. Bugun, 6 sentabr kuni tarqalgan suratlarda esa tasvirlangan navbatlar avvaliga “ança kamayib qolgani”, keyinroq butunlay öçirib yuborilganini köriş mumkin.



Ma'lumot uçun, yarimötkazgiçlarning global tanqisligi şaroitida UzAuto Motors'ning işlab çiqariş hajmlari keskin tuşib ketgan. Ayni paytda avtomobilning 85 foizlik boşlanğiç tölovini tölagan ön minglab xaridorlarning navbatlari yuzaga kelgan.
6 sentyabr kuni kompaniya avtomobillarga navbatlarni real vaqt rejimida körsatuvçi UzAvtoSavdo mobil ilovasi texnik sabablar bilan 8 sentyabrgaça işlamasligini ma'lum qildi.
20 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotida avtosanoatdagi monopoliya haqida gapirib, yaqin ötmişda Asakadagi zavod çiqargan avtomobillar Özbekistonning özida xorijdagidan qimmatroq sotilganini tasdiqlagan edi.
“Köp yillar Andijonda zavodimiz bor, deb faxrlanib yurdik. Soliqlardan ozod qildik, imtiyozlar berdik. Lekin u zavod xalqimizga manfaat keltirmadi. Eksportdagi özimizning avtomobil içki bozorimizdan arzon sotildi. Endi bu muammolarni bartaraf qilyapmiz”, – degandi davlat rahbari.