Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda benzin narxi oshishi tanqid qilingan ko‘cha surati paydo bo‘ldi. U ko‘p o‘tmay o‘chirildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Bugun, 19 noyabr kuni Toshkent shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchasi oldida O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda benzin narxi oshishiga doir ko‘cha surati paydo bo‘ldi.
Uchtepa tumanidagi Katta qa'ni ko‘chasi joylashgan devorga tushirilgan ushbu suratlar muallifi – @inkuzart taxallusli ko‘cha rassomi.
Muallif ushbu suratda do‘ppi va milliy kiyim kiygan oddiy o‘zbekistonliklarni benzin narxining oshishi «o‘ldirishi»ga urg‘u bergan. Devorga tushirilgan rasm bugunning o‘zidayoq o‘chirib tashlandi.
Avvalroq, @inkuzart taxallusli ko‘cha rassomi Toshkentda UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasi va buning ortidan avtomobillar uchun paydo bo‘layotgan uzundan uzun navbatlarga bag‘ishlangan ko‘cha suratlari ham chizgan edi.
Avtosalonlarda mashina xarid qilish uchun navbatda turganlar duch keladigan muammo «shapka» tizimi ham eslab o‘tilgan ushbu suratlar oradan bir necha kun o‘tib o‘chirib tashlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda O‘zbekistonda benzin narxi Turkmaniston va Qozog‘istonga nisbatan 2 barobar qimmatroq bo‘lib qolayotgani jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Bu holatni mas'ul tashkilotlar bozordagi erkin talab va taklif qonuniyati natijasida shakllangan deb baholashmoqda. Iqtisodchining fikriga ko‘ra, benzin va neft mahsulotlari importi ma'lum shaxslar tomonidan monopollashtirib olingan va ular bozorga o‘z shartlarini qo‘ymoqda.
Mavzuga oid
11:57
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
14:04 / 06.01.2026
Buxoroda AI-95 deb sotilgan benzin avtomobilni buzib qo‘ydi
10:22 / 06.01.2026
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
20:49 / 02.01.2026