Şimoliy Koreya hukumati ballistik raketa sinovini ötkazdi. Bu haqda Janubiy Koreya armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot berilişiça, raketa Phenyan yaqinidagi Sunan aerodromidan Yapon dengizi tomon uçirilgan.

NHK telekanalining xabariga köra, Yaponiya mudofaa vazirligi raketa milliy iqtisodiy hudud taşqarisiga tuşganini ma’lum qilgan.

Yaponiya boş vaziri Kisida Fumio tegişli taşkilotlarga mintaqadagi kema va samolyotlarga zarar yetiş ehtimolini baholaş topşiriğini bergan.

Bu KXDRning yil boşidan buyon ötkazgan 14-sinovi hisoblanadi.

Aprel örtalarida Şimoliy Koreya taktik yadro qurolidan foydalaniş samaradorligini oşiriş salohiyatiga ega bölgan boşqariladigan raketalar sinovini ötkazgani xabar qilingandi.