Uruş boşlangandan buyon Putin bilan eng köp muloqot ötkazgan davlat rahbari aynan Makron bölib turgandi. Ammo keyinçalik Fransiyada saylov jarayoni boşlangaç, ikki siyosatçi gaplaşmay ketdi. Bu gal Makron va Putin ikki soatdan ortiq gaplaşgan.
Kreml axborotida yozilişiça, telefon suhbati davomida Putin Makronni «Mariupol ozod qilingani» va «Azovstal» zavodidan tinç aholi vakillari evakuatsiya qilingani haqida xabardor qilgan. Putinning aytişiça, Yevropa ittifoqi davlatlari ukrain harbiylarining harbiy jinoyatlari va Donbassga öt oçilişiga köz yummoqda. Putinning fikriça, Ğarb davlatlari Kiyev hukumatiga bosim ötkaziş va Ukrainaga qurol yetkazib berişni töxtatiş orqali bu harakatlarni töxtatişi mumkin.
Putin Makronga Rossiya tomoni muzokaralar uçun hamon oçiq ekanini aytgan. Kreml axborotiga köra, Makron xalqaro hamjamiyatdagi xavfsizlik masalasidan xavotirga tuşganini, Putin esa vaziyatni Ğarbning sanksiyalari murakkablaştirib yuborganini ta’kidlagan.
Fransiya prezidenti axborot xizmatining yozişiça, Makron Putinni Ukrainaga qarşi agressiv uruşning oqibatlaridan yana bir bor ogohlantirgan. Şuningdek, Rossiyani BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zosi sifatida vazifasini bajarib, öt oçişni töxtatişga çaqirdi.
Makron Mariupoldagi vaziyatdan qattiq xavotirga tuşganini aytib, Rossiya «Azovstal»dan fuqarolarni evakuatsiya qilişda iştirok etişini söragan. Makronning fikriça, Ukrainada evakuatsiya qilinayotgan tinç aholi vakillaridan ularni qayerga olib ketişni söraş kerak: Rossiya nazorat qilayotgan joylargami yoki Ukraina tomongami.
Suhbat davomida Makron Ukrainaning Qora Dengiz orqali amalga oşiriladigan mahsulot eksporti Rossiya tomonidan bloklab qöyilganini aytgan. Uning fikriça, bu dunyo oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy ta’sir qiladi. Makron bu borada xalqaro taşkilotlar bilan birga harakat qilişga tayyorligini bildirgan. Fransiya prezidenti Putinga navbatdagi marta Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qilişini aytib, uruşni tinç yöl bilan hal qiliş uçun diplomatik harakatlarni davom ettirişini bildirgan.
Ğarb siyosatçilari orasida aynan Emmanuel Makron uruş boşlangandan buyon Putin bilan doimiy muloqotda bölib, uni harbiy harakatlarni töxtatişga çaqirib kelmoqda. Uruş boşlanişidan bir neça kun avval Makron Kremlda Putin bilan uçraşgandi ham. Öşanda olti soat davom etgan uçraşuv noodatiy uzun stol atrofida ötgani butun dunyoda muhokamalarga sabab bölgan. Öşa uçraşuvga köndiriş uçun Makron Putinga kamida beş marta qönğiroq qilgani aytilgandi.












