Bugun, 4 may kuni Toşkentdagi “Hilton” mehmonxonasida Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (ÖzEOAVMA, rusça NAESMI)ning umumiy yiğilişi bölib ötdi.

Rasmiy relizga köra, yiğilişda assotsiatsiya faoliyatini isloh qilib, uning nomini Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi deb özgartirişga qaror qilingan.

“Özbekiston milliy media assotsiatsiyasi sifatida maydonga çiqayotgan yangi tuzilma söz va ovoz ahli uçun yangi platforma sifatida vujudga keladi”, – deyiladi taşkilot axborotida.

Ta’kidlanişiça, bugun dunyo media olamida katta özgarişlar yuz beryapti, sohada transformatsiya yuz beryapti, an’anaviy jurnalistikadan zamonaviy, kreativ, tezkor jurnalistikaga ötilmoqda. “Tabiiyki, bu murakkab şaroit Özbekiston mediasiga ham katta mas’uliyat yuklamoqda. Bu xalqimizga rost sözni sifatli, tahliliy kontent orqali yetkaziş mas’uliyatidir”, – deyiladi rasmiy relizda.

Foto: ÖzMMA

Qayd etilişiça, ÖzEOAVMA respublikadagi nodavlat teleradiokanallar, kabel televideniyesi studiyalarini qamrab olgan eng yirik nodavlat-notijorat media taşkiloti hisoblanadi. Bugungi kunda ÖzEOAVMA 18 ta nodavlat telekanal, 19 ta radiokanal, Özbekiston kabel televideniyesiga a’zo bölgan 100 ta elektron OAV (şundan 52 tasi xorijiy kanallar)ni öz içiga oladi.

Yiğilişda söz olgan assotsiatsiya boşqaruvi raisi Şerzodxon Qudratxöjaning sözlariga köra, yangi platforma öz safiga yana köplab yangi a’zolarni qabul qiladi, media vakillarining muloqot qiladigan, özaro fikr almaşadigan, ta’bir joiz bölsa, sinergiya maydoniga aylanadi.

“Töğri, yillar davomida muammolardan çarçagan, yuragida gapi töplanib qolgan odamlarning gapirib olişlari uçun maydon kerak edi. Va sönggi beş yilda nodavlat tele va radiokanallar, bosma matbuot, internet saytlari bu maydon vazifasini bajarib kelmoqda. Navbatdagi bosqiç mediakontent tayyorlaşda me’daga tega boşlagan köngiloçar dasturlardan tahliliy, muşohada qilişga undaydigan körsatuvlarga ötişimiz, odamlarda ham şunga mehr uyğotişimiz kerak”, – deydi Şerzodxon Qudratxöja.

Foto: ÖzMMA

Yiğilişda assotsiatsiya boşqaruvi raisining örinbosari – boş direktor lavozimiga siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori Abrorjon Pölatov tayinlandi.