Taşqi siyosat idoralari rahbarlari iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining yiğilişi samarali ötganini qayd etdi.
Muloqot çoğida ikki tomonlama kun tartibi hamda xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajadagi muloqotni davom ettiriş muhimligi ta’kidlandi. Taşqi işlar vazirliklari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi davrasini joriy yilda ötkaziş zarurligi ma’lum qilindi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik, ayniqsa, ta’lim sohasidagi aloqalarning yuqori sur’ati qayd etildi. Vengriya tomoni özbekistonlik talabalarning mamlakat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olişi uçun qöşimça stipendiyalar ajratilişini ma’lum qildi.
Vengriya tomoni Özbekistonning mintaqada barqarorlikni mustahkamlaş va Afğonistonda tinçlik jarayoniga kömaklaşiş borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
BMT, Yevropa ittifoqi, YeXHT va Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirişdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi bildirildi.













