Oliy sud matbuot kotibining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 5 may kuni, Qaşqadaryo viloyat sudida viloyat sudi sudyasi F. Yusupov raisligida sport ustasi E. Rahimovning qasddan öldirilgani va uyuşgan guruh tomonidan sodir etilgan boşqa jinoyatlar yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetgan va sud hukmi e’lon qilingan.

Mazkur jinoyat işi böyiça jami 26 nafar sudlanuvçiga nisbatan hukm öqilgan. Sudlanuvçilarning barçasi Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan bölib, ularning 3 nafari voyaga yetmagan şaxs hamda 3 nafari içki işlar organlarining sobiq xodimlari hisoblanadi.

Sudlanuvçilar Jinoyat kodeksining 97, 109, 111, 127, 137, 169, 277, 28,137, 28,211, 28,277, 210, 230-1, 241-1 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Sud hukmiga köra, sudlanuvçilarning 19 nafariga 3 yildan 20 yilgaça bölgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 1 nafariga 2 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi, voyaga yetmagan şaxslarga 5 yil 6 oydan 10 yilgaça bölgan muddatlarda ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Içki işlar organlarining sobiq xodimlariga esa 3 yildan 8 yilgaça bölgan muddatlarda ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Marhumning qonuniy vakili foydasiga 11 nafar sudlanuvçidan solidar tartibda 10 million 800 ming söm miqdorida moddiy zarar va 150 million  söm miqdorida ma’naviy zarar undirilişi belgilangan.

Ma’lumot uçun, 2021 yil 17 avgust kuni Qarşi şahrida sport murabbiyi Elbek Rahimovni bir guruh şaxslar odamlar köz öngida kaltaklab, maşinaga solib olib ketişgan. Keyinroq murabbiyning jasadi Çiroqçi tumanidan topilgan.

Jinoyat işi böyiça sud jarayonlari 2022 yil 6 yanvar kuni boşlangan va jami 26 nafar şaxsga ayblov e’lon qilingan.